Diplomatik fon
Diplomatik Akademiya Logotipi

Diplomatik Lug‘at

Rasmiy va birinchi onlayn lug‘at

Diplomatik Izohli Lug‘at


Keyingi yillarda xalqaro munosabatlar masalalari, ya'ni jahon siyosati, diplomatiya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalariga oid adabiyotlar yaratish eng dolzarb vazifalar qatoriga o'tdi. Shu jihatdan, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada shu sohani imkon qadar qamrab olgan mukammal lug'at yaratildi, uning kitob va raqamli (elektron) shaklini tayyorlanishi bu sohadagi kamchilikni bartaraf etadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi ilmiy asoslangan lug'atning o'zbek tilida tayyorlanishi va nashr etilishi muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur loyiha natijasidao'zbek diplomatik va xalqaro munosabatlar tilining boyishi va jiddiy tadqiqotlarko'payishiga asos bo'ladi.


Lug'at o'zbek millatining xalqaro sohadagi ongi va siyosiy madaniyati yuqorilashiga, siyosiy masalalar va diplomatik jarayonni o'zbek tilida ifodalashga xizmat qilishi sababbo'ladigan birinchi entsiklopedik manba bo'ladi. Lug'atdan o'rin olgan termin, ibora, tushuncha va ma'lumotlarning aksariyati hozirgacha davlat tilida nashr etilgan ma'lumotnomalarda mavjud bo'lmay, chet tilidagi turli adabiyot, manbalardan tarjima qilib kiritildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/diplugat